date
views 171

Paralimpiya. Dovurxon Karomatov bronza medalni qo‘lga kiritdi

Paralimpiya. Dovurxon Karomatov bronza medalni qo‘lga kiritdi
Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslari davom etmoqda.

Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -90 kg vazn toifasida bronza medal uchun tatamiga chiqqan o‘zbekistonlik Dovurxon Karomatov gruziyalik Lasha Kizilashvilini mag‘lubiyatga uchratdi va delegatsiya hisobiga 7-bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

Foto: Paralympic
Ma’lumot uchun, bu Dovurxon Karomatovning faoliyatidagi ikkinchi Paralimpiya medali hisoblanadi. U bundan avval Tokioda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Ushbu medal delegatsiya hisobidagi 26-medal hisoblanadi. Hozirda O‘zbekiston hisobida 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Paralimpiya. Dovurxon Karomatov bronza medalni qo‘lga kiritdi