83
Prezident Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyat qozongan yana ikki sportchi bilan suhbatlashdi
Shavkat Mirziyoyev Parij Paralimpiadasida oltin medal olgan Nurxon Qurbonova va Tolibboy Yo‘ldoshev bilan telefon orqali subatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha Parij Paralimpiadasida qatnashayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar sonini 10 taga yetkazib, tarixdagi eng yaxshi natijasini yangiladi. O‘z g‘alabalari bilan ushbu tarixiy natijaga hissa qo‘shgan yengil atletikachilar Nurxon Qurbonova va Tolibboy Yo‘ldoshev bilan bugun Shavkat Mirziyoyev telefon orqali suhbatlashdi va ularni dildan tabrikladi.
“Tinimsiz kuzatib boraman faoliyatingni. Olimpiya shaharchamizda qurilishni boshlaganimizda Paralimpiadadan oltin bilan kelaman, degan yoqimli so‘zlaring esimda.
Bu nimadan dalolat? Tinimsiz harakat, irodali intilishlaring bilan tobora o‘sib borayapsan. Bergan va’dangni ortig‘i bilan bajarding”, deya davlat rahbari bir yo‘la jahon rekordini o‘rnatgan va uni yana yangilagan Nurxon Qurbonovani tabrikladi.
Shuningdek, prezident Tolibboy Yo‘ldoshev bilan suhbatda ikki medalni olish chinakam jasorat ekanini ta’kidlagan.
“Bir necha kun oldin yadro uloqtirish bo‘yicha bronza medalini olgan eding. Ikki sport turi bo‘yicha ikkita yuksak natija bu — chinakam jasorat. Bu yutuqlar mashaqqatli mehnatlaring, tinimsiz mashqlaring, to‘plagan boy mahorating mevasidir”, dedi prezident Tolibboy Yo‘ldoshev bilan suhbatda.
Chempion paralimpiyachilar bu yutuqlar o‘z-o‘zidan bo‘lmagani, davlat rahbarining paralimpiya harakatiga qaratayotgan e’tibori va ishonchi tufayli erishilayotganini ta’kidlab, o‘z nomidan, murabbiylari va ota-onasi nomidan minnatdorlik bildirdi.
Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahslari yakunlandi. Quvonarlisi, ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Nurxon Qurbonova 21,12 metr natija qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va delegatsiya hisobiga 10-oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Shuningdek, para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F37 klassida disk uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi. Ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Tolibboy Yo‘ldashev 57.28 metr natija qayd etgan holda delegatsiya hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
U-17 Jahon chempionatida Osiyodan 9 ta jamoa! Bu qanday bo‘ladi?
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi