23:27 / 07.09.2024
20

Xitoy qatorasiga oltinchi marta Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozondi

Xitoy qatorasiga oltinchi marta Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozondi
Foto: Reuters
Xitoy milliy jamoasi Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarida muddatidan avval g‘alaba qozondi.

Terma jamoa sportchilari 201 ta medal, jumladan, 90 ta oltin, 66 ta kumush va 45 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni 110 ta medal – 45 ta oltin, 38 ta kumush va 27 ta bronzaga ega Britaniya terma jamoasi egallab turibdi. Musobaqa 8 sentyabr kuni yakunlansa-da, britaniyaliklar Xitoyga yetib olish imkoniyatiga ega emas.

Xitoy terma jamoasi 2004, 2008, 2012, 2016 va 2021 yillarda ham Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib chiqqan. Avvalgi o‘yinlarda xitoylik sportchilar 96 ta oltin, 60 ta kumush va 51 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xitoy qatorasiga oltinchi marta Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozondi