95
Qirg‘iz Respublikasi bosh murabbiyi: "Ertaga O‘zbekiston terma jamoasini hayron qoldira olamiz"
Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi Maksim Lisitsin va jamoa sardori Valeriy Kichin JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.
"Barchaga xayrli kun. Tayyorgarligimiz reja bo‘yicha ketmoqda. Biz Erondan qaytish uchun uzoq parvozni amalga oshirdik va faqatgina shu jihat bizga muammo tug‘dirishi mumkin. Futbolchilar bahsga tayyor va ertaga maydonda eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etamiz", – dedi Lisitsin.
"Barchaga salom. Jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Hammasi odatdagidek", – dedi Kichin.
- Erondagi uchrashuvdan so‘ng O‘zbekistonga qarshi o‘yinga qanday tayyorgarlik ko‘rdingiz? Balki taktik jihatlar bo‘yicha biroz o‘zgarishlar bo‘lgandir...
- Aytib o‘tganimdek, o‘zgarishlar qilish uchun deyarli vaqt bo‘lmadi. Tabiiyki, raqibni o‘rganib chiqdik. Ertaga O‘zbekiston terma jamoasini hayron qoldira olamiz degan fikrdaman.
- Terma jamoangiz Eronga qarshi uchrashuv kabi himoyaviy futbol namoyish etadimi yoki ertaga boshqacha taktika ko‘ramizmi?
- Mendan bu haqda ko‘p marotaba so‘rashadi, ammo tushuning, maydonda ikkita jamoa harakat qiladi. Raqib ham o‘z o‘yinini o‘tkazishga harakat qiladi. Biz o‘zimizning ustunliklarimizni imkon qadar ochib bera oladigan taktika tanlashimiz kerak.
- Guljigit Aliqulov ko‘p vaziyatlarda pas bermayotgandek hissiyot uyg‘otyapti. Bunga fikringiz qanday?
- Bilasizmi, bu shunchaki chetdan bo‘lgan nazar. Har bir futbolchining kuchli jihatlari bor, Guljigitdagi kuchli jihat – dribling. Siz bu savolni tanqidiy ma’noda bergan bo‘lishingiz mumkin, ammo men bosh murabbiy sifatida o‘z futbolchimni himoya qilishim kerak.
- Ertangi uchrashuvda g‘alaba qozonishga bo‘lgan imkoniyatlaringiz qanday?
- Valeriy aytib o‘tganidek, futbolchilarimiz ishtiyoqiga to‘la. Shunday ruhiyat bilan o‘ynashda davom etsak, har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz mumkin.
- Terma jamoa tarkibi yosharishi mumkinmi? Yosh futbolchilarni yig‘inlarda ko‘proq ko‘ryapmiz...
- Yosh futbolchilarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ularni tarkibga ko‘proq jalb etyapmiz, lekin bir deganda jamoani yoshartirib yuborishning iloji yo‘q. Hozirgi kunda o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz ham bor.
- Beknaz Almazbekov nega ushbu yig‘inlarga jalb etilmadi?
- Beknaz Almazbekov o‘z jamoasini o‘zgartirgandi, shu sababli uni terma jamoaga chaqirmadik. U o‘yin amaliyotisiz qolib ketdi. Hozirgi kunda o‘ziga yangi jamoa topdi va men unga klubdagi faoliyatida omad tilayman. Keyingi yig‘inlarda uni terma jamoa safida ko‘rasiz.
- Vaziyatlardan foydalanish masalasida nimalar deya olasiz?
- Yana bir bor takrorlayman. Bizda yetarlicha vaqt bo‘lgani yo‘q. Biz imkon qadar tezroq tiklanishga harakat qildik. Vaziyatlardan foydalanish – futboldagi katta muammo. Ushbu muammoning yechimini topa olsak, natijalarimiz keskin yaxshilanishiga ishonaman.
- Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marotaba uchinchi saralash bosqichida ishtirok etmoqda. Bu qanchalik qiyin ekan? Siz ham terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganingizga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Tayyorgarlik uchun vaqt yetarli bo‘lmagani aniq...
- Mening fikrimcha, boshqa jamoalarning holati ham ajoyib emas. Bu yerda asosiy faktor tajriba bo‘la oladi. Bizga biroz tajriba yetishmayapti. Menga keladigan bo‘lsak, tarkibdagi ko‘pgina futbolchilar bilan avval ham ishlaganman. Barcha futbolchilar bilan tanishman. Bu bizga katta muammo tug‘dirmadi. Futbolchilar bilan kommunikatsiya qilish muammo emas. Hozirgi muammomiz – o‘yinimiz sifatini yaxshilash.
- Uzun parvoz sababli imkon qadar tezroq tiklanishga harakat qildik, deb aytdingiz. Futbolchilar ertangi uchrashuvga qanchalik tayyor?
- Biz imkon qadar tezroq tiklanishga harakat qildik. Ertangi uchrashuvda qanchalik tiklanishga ulgurganimizni bilib olamiz.
- Valeriy Kichinga savol: O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Eldor Shomurodovni qanday to‘xtatib qolmoqchisizlar?
- O‘zbekiston terma jamoasi safida faqat Shomurodov maydonga tushsa, biz 100% tayyormiz deya olaman, lekin maydonda boshqa futbolchilar ham bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi