“Real” Ispaniya chempionatining beshinchi turida “Real Sosedad” bilan kuch sinashib, Vinisius Junior va Kilian Mbappening penaltidan kiritgan gollari evaziga safardan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.
Jamoa uch ochkoni qo‘lga kiritganiga qaramay, madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shogirdlarining o‘yinini tanqid qildi.
- Uchrashuv juda qiyin o‘tdi, biz g‘alabaga loyiq emasdik. Chunki “Sosedad” juda zo‘r o‘ynadi. Murakkab vaziyatlarda shogirdlarim borini berishiga to‘g‘ri keldi va men buni qadrlayman.
Biz bellashuvni juda bo‘sh boshladik, raqib maydonning ikkinchi yarmida bizga kuchli bosim o‘tkazdi, lekin futbolchilarimiz doim bo‘sh o‘yinchini topa olib, vaziyatdan chiqib ketdi.
Jamoa 100 foizga tayyor emas, biroq o‘yinchilarning individual holati o‘sib boryapti.
Men natijadan qoniqdim xolos. O‘yin hali ancha tanqid qilinadi. Uch ochkoga ega bo‘lganimizga qaramay, vaziyatga tanqidiy baho beramiz, - dedi italiyalik murabbiy. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi