21:53 / 15.09.2024
62

Harri Keyn Xolandning nomini tarixdan o‘chirdi

Harri Keyn Xolandning nomini tarixdan o‘chirdi
Germaniya chempionatining uchinchi turida “Bavariya” safar uchrashuvida Bundesliga debyutanti “Xolshtayn” jamoasini 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Myunxen superklubining angliyalik legioneri Harri Keyn bellashuvda xet-trik qayd etdi va jamoadoshiga bitta golli pas uzatdi.

Shu tariqa, Keyn Bundesliga tarixida gol+pas tizimida eng tez 50 ochko jamg‘argan futbolchiga aylandi. Bu ko‘rchatkichni qayd etish uchun to‘purarga 35 ta o‘yin kifoya qildi. Bu haqida OptaFranz statistika markazi ma’lumot tarqatdi.

Avvalgi rekord hozir Harri Keynning yurti Angliyada to‘purarlik rekodlarini urayotgan Erling Xolandga tegishli edi. Norvegiyalik hujumchi “Borussiya Dormund” safida o‘ynagan kezlari gol+pas tizimida 50 ochko to‘plashi uchun 44 ta o‘yin kerak bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Harri Keyn Xolandning nomini tarixdan o‘chirdi