Foto: Uzchess
Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.
15 sentyabr kuni 5-tur doirasida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Moldova, qizlar esa Gruziya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Amaldagi chempionlar 3,5 : 0,5 hisobida g‘alaba qozondi. Qizlar jamoasi esa musobaqada ikkinchi raqam ostida saralangan juda kuchli terma jamoa Gruziyaga 1,5 : 2,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Foto: Uzchess
Erkaklar:
O‘zbekiston — Moldova 3,5 : 0,5
- Nodirbek Abdusattorov — Ivan Schiko 1:0;
- Nodirbek Yakubboyev — Jegor Lashkin 0,5 : 0,5;
- Javohir Sindorov —Viktor Bologan 1:0;
- Shamsiddin Vohidov — Viorel Iordachesku 1:0.
Foto: Uzchess
Ayollar:
O‘zbekiston — Gruziya 1,5 : 2,5
- Afruza Hamdamova — Nana Zagnidze 0,5 : 0,5;
- Nilufar Yakubboyeva — Lela Javakshvili 0,5 : 0,5;
- Umida Omonova — Nino Basiashvili 0,5 : 0,5;
- Marjona Malikova — Bella Xotenashvili 0:1.
O‘zbekiston erkaklar jamoasi dastlabki uch turda g‘alaba qozonib, 4-turda Vetnam jamoasga mag‘lub bo‘lgan edi. Qizlar jamoasi esa 5-turgacha mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi. Bu turda ular dastlabki mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
Olimpiadaning 6-turida bugun, 16 sentyabr kuni erkaklar jamoasi Isroil bilan, qizlar esa Niderlandiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
5 ta turdan keyin amaldagi chempionlar 7-o‘rinda, O‘zbekiston qizlar jamoasi esa 15-o‘rinda borishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi