13:00 / 18.09.2024
40

“Real” o‘z futbolchilarining “ovozini o‘chirdi”

“Real” o‘z futbolchilarining “ovozini o‘chirdi”
“Real” rahbariyati jamoa o‘yinchilariga qat’iy talab qo‘ydi. Unga ko‘ra, har bir futbolchi bundan keyin jurnalistlarga intervyu berishdan oldin klub mutasaddilaridan ruxsat olishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqida jurnalist Xose Feliks Dias xabar berdi.

Klubning bu qoidani joriy qilishdan maqsadi jamoa atrofida ommaviy axborot vositalarida yuzaga kelayotgan shov-shuv va bosimni bartaraf etishdan iborat ekani aytilmoqda.

“Real” Ispaniya chempionati va Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. “Qirollik klubi” va uning o‘yinchilari haqidagi turli ma’lumotlar sportga oid manbalarning eng sevimli mavzusi hisobalanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” o‘z futbolchilarining “ovozini o‘chirdi”
ePN