
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.
20 sentyabr kuni musobaqaning 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda erkaklar terma jamoasi Hindiston bilan, qizlar jamoasi esa Serbiya terma jamoasi bilan bahs olib bordi.
Erkaklar terma jamoasi qiyin bahsda Hindiston bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi.
O‘zbekiston — Hindiston 2:2
- Nodirbek Abdusattorov — Gukesh 0,5:0,5;
- Javohir Sindorov — Rameshbabu P. 0,5 : 0,5;
- Shamsiddin Vohidov — Erigaisi Arjun 0,5:0,5;
- Javohir Vohidov — Santosh Gujrati Vidit 0,5 : 0,5.

Qizlar jamoasi esa Serbiyaga qarshi o‘yinlardan so‘ng durang natijaga erishdi. Nodira Nodirjonova o‘z raqibini yenggan bo‘lsa, Marjona Malikova esa mag‘lub bo‘ldi. Afruza Hamdamova va Nilufar Yakubboyeva durang natijalarga erishdi.
Qizlar:
O‘zbekiston — Serbiya 2 : 2
- Afro‘za Hamdamova — Injak Teodora 0,5:0,5;
- Nilufar Yakubboyeva — Gakkin Marina 0,5:0,5;
- Marjona Malikova — Mandura Tijana 0:1;
- Nodira Nodirjonova — Erik Jovana 1:0.

Ushbu durang natijadan so‘ng amaldagi chempionlar, O‘zbekiston erkaklar jamoasi 3-o‘ringa tushdi.

9-turdagi durangdan so‘ng O‘zbekiston qizlar jamoasi 25-pog‘onada bormoqda. Ammo yuqori o‘rindagi jamoalar bilan farq katta emas. O‘zbekistonlik qizlarda yuqori o‘rinlarni egallash uchun imkoniyat saqlanib turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar