Hamyurtimiz Ramazon Temirov UFC bilan shartnoma imzolagani va u 13 oktyabr kuni SiDjey Vergaraga qarshi oktagonga ko‘tarilishi haqida ma’lumotlardan xabaringiz bor.
Albatta, jahonning eng nufuzli promoushenida yana bir o‘zbek jangchisi javlon urushidan barchamiz xursandmiz va o‘ylaymizki Temirov UFCda ham o‘z so‘zini ayta oladi. Biz Ramazonning debyut jangidagi imkoniyati va raqib haqida biroz so‘z yuritishni lozim topdik.
Raqib haqida...
Si Jey Vergara 1991 yil AQSHda tavallud topgan. Ayni damda u 33 yoshda. Professional faoliyati mobaynida 18 ta jang o‘tkazgan. Ularning 12 tasini g‘alaba bilan yakunlagan. 5 ta mag‘lubiyat va 1 durang ham uning hisobida mavjud. Vergara UFC bilan shartnoma imzolagunga qadar, asosan Fury promoushenida o‘z janglarini o‘tkazgan. UFC ga Dana Uayt kontender seriyasida Bruno Meskitani nokautga uchratgan holda yo‘l olgandi. Hozirga qadar UFCda 6 ta jang o‘tkazgan va ularning 3 tasida g‘alaba qozongan. U Kleydson Rodriges, Daniel da Silva hamda Vinisius Salvadorni mag‘lub etgan bo‘lsa, Ode Osborn, Tatsuro Tayra va Asu Almabayevga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
Tayra uni muddatidan avval "armbar" uslubi evaziga mag‘lub etgan bo‘lsa, qolgan ikki jangda ochkolarga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ygan. 12 ta g‘alabasining 7 tasini texnik nokaut va nokaut orqali, 5 tasini ochkolarga ko‘ra qo‘lga kiritgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, uning kuchli jihati greppling, jiu-jitsu, kurash emas, aksincha u ham nokautchi, yorqin jangchilar sarasiga kiradi. Odatda, super yengil (57,56 kg) vazn toifasida bunday tipdagi jangchilar juda ardoqlanadi. Aynan Ramazon Temirovga ham qiziqish uning nokautchiligi orqali bo‘lgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Xullas, ikkisi ishtirokida zo‘r "sola-sol" bo‘ladi.
Imkoniyatlar...
Bu jangda Ramazonning plyus jihatlari ko‘p. Eng asosiysi qisqa muddatda zahira jangchisi sifatida oktagonga ko‘tarilmadi. Xuddi, Zarrux Adashev, Liliya Shakirovalar kabi. Unda har holda to‘liq lagerni o‘tash imkoni bo‘ldi. Shuningdek, Ramazon tezlik bobida ham, zarba kuchi borasida ham Vergaradan ustun desak yanglishmagan bo‘lamiz. Buni bevosita janglarini kuzatib borsangiz ham amin bo‘lasiz. Eng asosiysi esa hamyurtimiz g‘alabaga chanqoq va ishtiyoq juda yuqori. Boz ustiga "stoyka"da jang qiluvchi raqiblar bilan u "maza" qilib urushadi. Vergaraning kurash bobidagi mahoratini juda yuqori deb bo‘lmaydi va Ramazonga qarshi u "teyk-daun"larni amalga oshira oladi, deb o‘ylamayman.
To‘g‘ri, oyoq-qo‘l zarbalari yomon emas. Lekin bu yurtdoshimiz uchun katta xavf deyishdan yiroqman. Zero, u Rizin promoushenida undan kam bo‘lmagan raqiblarga duch kelgan. Shubhasiz, bu nisbiy tushuncha, zero birgina aniq zarba jang taqdirini hal qilib qo‘yishi mumkin. Ammo, Ramazonning zarba ko‘tara olishini ham bilamiz. Xullas, bu jang to‘liq davom etmaydi, degan fikrdaman. Ehtimol, 1-raund biroz ehtiyotkorlik ostida kechishi mumkin. Ya’ni, Ramazon uchun debyut jang va u dastlabki daqiqadanoq bosim uyushtirmasa kerak. Lekin baribir u "portlaydi". Bir so‘z bilan aytganda, jang uzog‘i bilan 2-raundda Ramazon Temirovning TKO yoki KO hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlanadi.
Albatta, bu shunchaki shaxsiy fikr va mulohazalarim xolos. Biroq, taxminlarim o‘zini oqlashini va yurtdoshimizning yorqin g‘alabani qo‘lga kiritishiga tilakdoshman. Olg‘a Ramazon!
Ahmadbek ESHMATOV tayyorladi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi