
FIFA futzal bo‘yicha Jahon chempionatidagi mojaro sababli Eron va Fransiya o‘yini borasida tergov ishlarini boshladi.
O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan mundial davomida 22 sentyabr kuni Eron F guruhida fransuzlarni 4:1 hisobida mag‘lub etdi va shundan so‘ng Liviya terma jamoasi ushbu uchrashuv “kelishilgan xarakterga ega” ekanligini ro‘kach qilib, FIFAga shikoyat yo‘lladi.

Taxminlarga ko‘ra, Fransiya futbolchilari pley-offning osonroq setkasiga tushish uchun raqibiga yutqazib bergan, xususan, jahon reytingida yetakchi bo‘lib turgan Braziliya bilan chorak finalda yo‘qnash kelishdan qochgan.

Eron F guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Fransiya esa ikkinchi bo‘ldi. Ikkala terma jamoa 1/8 finalga yo‘l oldi va Marokash hamda Tailand terma jamoalari bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi.

Liviya esa D guruhida 3-o‘rinni egalladi hamda turnirni tark etdi.
“Futzal bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etuvchi jamoalar tomonidan F guruhidan o‘rin olgan Fransiya va Eron o‘rtasidagi o‘yin yuzasidan berilgan shikoyatlardan xabardormiz. Bu jarayon davom etmoqda va hozircha boshqa izoh berilmaydi”, — deyiladi FIFA bayonotida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar