16:12 / 27.09.2024
16

Jorje Braz: "Portugaliya futzalchilari sportchi bo‘lish nimani anglatishini ko‘rsatishda davom etayotgani faxr tuyg‘usini baxsh etadi"

Jorje Braz: "Portugaliya futzalchilari sportchi bo‘lish nimani anglatishini ko‘rsatishda davom etayotgani faxr tuyg‘usini baxsh etadi"
Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi terma Jahon chempionatidan chiqib ketganiga qaramay, portugaliyalik futzalchilar bilan faxrlanishini ta’kidlab, kelajakka ishora qildi.

Portugaliya terma jamoasi musobaqaning 1/8 finalida Qozog‘istondan (2:1) mag‘lub bo‘lgach, JCH-2024 bilan xayrlashdi. Terma jamoa bosh murabbiyi Jorje Braz o‘yindan so‘ng quyidagi fikrlarni bildirdi:

"To‘g‘risini aytsam, qilingan barcha ishlardan, to‘g‘ri yo‘l tutganimizdan g‘ururlanaman. JCH biz uchun bugun yakunlanishini xohlamagan bo‘lardik, chunki hamma xodimlar mehnat qilgan va fidoyilik ko‘sratgandi. Ko‘p vaqt davomida ular bilan birga ishladik va bir maqsad yo‘lida faoliyat yuritdik. Eng muhimi, Bernardo va Pauleta qatori 14 kishi fantastik sportchilardir. Ular sportchi bo‘lish nimani anglatishini ko‘rsatishda davom etayotgani faxr tuyg‘usini baxsh etadi.

Portugaliya futzali bilan juda faxrlanaman. Hozir hammamizga qiyin, zo‘rg‘a nafas olyapman, chunki og‘ir kun bo‘ldi. Men o‘zimdan mamnun emasman, ammo men bu jarayonni boshdan o‘tkazishga majburman. Bundan to‘g‘ri saboq chiqarishimiz kerak.

Musobaqani bu tarzda tark etish qiyin, chunki maqsadimizga erisholmadik. Futzalchilar qilgan barcha ishlari bilan faxrlanishlari kerak. Endi bir necha kun dam olish vaqti keldi. Ozroq hordiq chiqaramiz va Yevropa chempionati saralashida qatnashamiz. Biz ikki karra Yevropa chempionimiz va uchinchi marta g‘oliblik uchun kurashamiz. Boshimizni baland ko‘tarib, qilgan har bir ishimizdan g‘ururlanishimiz lozim
".

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jorje Braz: "Portugaliya futzalchilari sportchi bo‘lish nimani anglatishini ko‘rsatishda davom etayotgani faxr tuyg‘usini baxsh etadi"
ePN