17:21 / 29.09.2024
5

U-20 Osiyo Kubogi saralashi. O‘zbekiston terma jamoasi Bahraynni ham yirik hisobda mag‘lub etdi

U-20 Osiyo Kubogi saralashi. O‘zbekiston terma jamoasi Bahraynni ham yirik hisobda mag‘lub etdi
Bugun U-20 Osiyo Kubogi saralashi doirasidagi so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Farhod Nishonov boshqaruvidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur saralash turnirini 100 % lik ko‘rsatkich bilan tugatadigan bo‘ldi.

Biroz avval yakuniga yetgan Bahraynnga qarshi o‘yinda vakillarimiz yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Nurlan Ibraimov dublga erishgan bo‘lsa, Dilshod Abdullayev, Muhammadali O‘rinboyev va Daler Tuhsanovlar ham o‘z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘zbekiston — Bahrayn 5:0
Gollar
: Dilshod Abdullayev (26), Muhammadali O‘rinboyev (61), Nurlan Ibraimov (80, 86), Daler Tuxsanov (89)

O‘zbekiston: 21. Samandar Muratbayev, 2. Saidxon Hamidov, 4. G‘iyosjon Rizakulov, 5. Azizbek Tulkunbekov, 6. Ravshan Hayrullayev, 9. Saidumarxon Saidnurullayev, 10. Muhammadali O‘rinboyev, 15. Asilbek Jumayev, 19. Rustambek Fomin, 20. Dilshod Abdullayev, 22. Lazizbek Mirzayev.
Zaxira: 1. Husniddin Ne’matov, 12. Muhammadyusuf Sobirov, 3. Meyirbek Rejabaliyev, 7. Daler Tuxsanov, 8. Amirbek Saidov, 11. Murodjon Komilov, 13. Behruz Jumatov, 14. Nurlan Ibraimov, 16. Muhammadali Reimov, 17. Ollobergan Karimov, 18. Narimonjon Ahmadjonov, 23. Abdug‘afur Haydarov.

Chetlatish: Bahrayn darvozaboni (66)

Jamoamiz ushbu g‘alaba orqali U-20 Osiyo kubogiga saralash bosqichining "B" guruhida 100%lik natija qayd etib birinchi o‘rinni egallagan holda, qit’a birinchiligiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston Bahraynga qadar guruhda Kambodja (7:0), Nepal (6:0) va Xitoy Taypeyi (3:1) jamoalaridan ustun kelgandi.

Endi yoshlarimiz kelasi yili Xitoy mamlakati mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni avvaldan belgilangan reja asosida davom ettiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-20 Osiyo Kubogi saralashi. O‘zbekiston terma jamoasi Bahraynni ham yirik hisobda mag‘lub etdi
ePN