Krishtianu Ronaldu jahon futbolida to‘purarlik rekordlarini yangilashni davom ettiradi. 39 yoshli hujumchi professional faoliyatini to‘xtatish haqida o‘ylayotgani ham yo‘q. Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, Ronaldu “An-Nasr” bilan hamkorligini uzaytiradigan bo‘ldi.
Ayni paytda tomonlar 2025 yilning yozida tugaydigan shartnomni uzaytirish uchun muzokara boshlagan.
Ronaldu 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etmoqchi. Shu bois, unga muntazam o‘yin amaliyoti kerak bo‘ladi. Rekordlarni urishni yaxshi ko‘radigan portugaliyalik yulduz mundialda ishtirok etsa, oltita jahon chempionatida to‘p tepgan yagona futbolchiga aylanadi.
Bundan tashqari, Ronaldu rasmiy uchrashuvlardagi umumiy gollari sonini mingtaga yetkazib qo‘yishni reja qilgan. Hozir uning hisobida 903 ta gol bor. Va uning har bir kiritgan to‘pi yangi rekord sifatida qayd etilaveradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi