Bu yilgi O‘zbekiston Kubogi finaliga har qachongidan ham qiziqish katta. Boisi, Kubokni qo‘lga kiritish uchun vodiyning ikki jamoasi kurash olib boradi. Anchadan beri Kubok finalida vodiy derbisini ko‘rmagandik. Bu safargisi esa chindan ham boshqacha ruhda o‘tadi.
“Navbahor” – “Andijon” uchrashuviga qiziqish shu qadar kattaki, hatto, boshqa yurtlarda ham ushbu bo‘lajak finalga e’tibor qaratishgan.
Jumladan, Rossiya futbolining tirik afsonalaridan biri Sergey Yuran ham Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadigan Kubok finalidan xabardor.
55 yoshli tajribali mutaxassis “Andijon” matbuot xizmatiga bo‘lajak final oldidan quyidagilarni aytdi:
“Finalda katta mas’uliyat bo‘yinga tushadi. Klub bunday paytda muxlislar qarshisida mas’uliyati kattaligini his qiladi. Chunki ishqibozlar faqat g‘alabani kutishadi. Buni o‘yin paytida maydonda ham unutmaslik kerak!
Shuni alohida aytmoqchimanki, finaldagi ikkala jamoaga bellashuvni jarohatlarsiz o‘tkazib olishlarini tilayman! Agar imkon bo‘lganida finalni ko‘rgani borardim”. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Kreml saroyida O‘zbekiston yulduzlari konserti qanday o‘tdi?