08:33 / 03.10.2024
9

Karlo Anchelotti “Real”ning sensansion mag‘lubiyati sababini aytdi

Karlo Anchelotti “Real”ning sensansion mag‘lubiyati sababini aytdi
Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqich ikkinchi turida amaldagi chempion “Real” Fransiyada “Lill”dan mag‘lubiyatga uchradi.

Madridliklar darvozasiga kiritilgan yagona golga “Barselona” nishonida turgan kanadalik hujumchi Jonatan Devid mualliflik qildi.

Uchrashuvdan keyin “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mag‘lubiyat sababini aytdi.

- Bu o‘yinni tahlil qilish qiyin. Biz barcha jihatlarda yomon o‘ynadik. O‘yinda xavfli vaziyatlar yarata olmadik, to‘p bilan juda sekin harakat qildik, biror g‘oya ko‘rinmadi ham.

Bunaqa uchrashuvda sekin harakat qilish ortida katta muammolar kelib chiqadi. Bu biz uchun juda yomon o‘yin bo‘ldi. Hissiyotlarimiz ham salbiyligicha qoldi
, - dedi Karlo Anchelotti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karlo Anchelotti “Real”ning sensansion mag‘lubiyati sababini aytdi
ePN