07:00 / 04.10.2024
33

Yevropa Ligasi. “Roma” Shvetsiya klubiga yutqazdi, “Manchester Yunayted”da esa jangovar durang

Yevropa Ligasi. “Roma” Shvetsiya klubiga yutqazdi, “Manchester Yunayted”da esa jangovar durang
Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 2-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 3 oktyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Roma” safarda Shvetsiyaning “Elfsborg” klubiga qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo‘lim oxirida mezbonlar futbolchisi Baydu penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa darvozalar daxlsiz qoldi va rimliklar 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Qayd etib o‘tish joiz, Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 65-daqiqada o‘z o‘rnini Artyom Dovbikka bo‘shatib berdi.

“Manchester Yunayted” esa “Portu” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 7-daqiqasida Markus Reshford hisobni ochdi. 20-daqiqada Hoylund hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 27-daqiqada Pepe oradagi farqni qisqartirdi. 34-daqiqada Omorodion muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limning boshida Omorodion dublni rasmiylashtirdi. 81-daqiqada Brunu Fernandesh qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. O‘yin oxirida esa Harri Maguayr hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa uchrashuv 3:3 hisobi bilan yakunlandi.

Yevropa Ligasi
2-tur

3 oktyabr, payshanba

“Elfsborg” – “Roma” 1:0
Gol
: 1:0 – 44 Baydu (penalti).
“Elfsborg”: Pettersson, Yegbe, Xenriksson, Buxari, Xult, Zeneli, Ouma, Xedlund, Kasem, Baydu (Frik, 86), Zeneli (Abdulai, 63).
“Roma”: Svilar, Ermoso, Ndika, Chelik, Anxelino, Abdelhamid (ash-Shaaravi, 65), Paredes, Pizilli (Kristante, 86), Baldansi (Pellegrini, 72), Shomurodov (Dovbik, 65), Soule (Dibala, 65).
Ogohlantirishlar: Kasem (35), Xult (52), Zeneli (60).

“Portu” – “Manchester Yunayted” 3:3
Gollar
: 0:1 – 7 Reshford, 0:2 – 20 Hoylund, 1:2 – 27 Pepe Akino, 2:2 – 34 Omorodion, 3:2 – 50 Omorodion, 3:3 — 90+1 Maguayr.
“Portu”: Diogu Koshta, Moura, Peres, Ze Pedru, Joau Mariu (Gyul, 78), Niko Gonsales, Varela, Eushtakiu (Fabiu Vieyra, 78), Galeno, Omorodion (Gruyich, 78), Pepe Akino (Martim, 63).
“Manchester Yunayted”: Onana, Diogu Dalot, Martines (Maguayr, 78), de Ligt (Evans, 79), Mazraui, Eriksen, Kazemiro, Brunu Fernandesh, Reshford (Garnacho, 46), Diallo (Antoni, 69), Hoylund (Zirkze, 68).
Ogohlantirishlar: Omorodion (31), Brunu Fernandesh (32).
Chetlatish: Brunu Fernandesh (81).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa Ligasi. “Roma” Shvetsiya klubiga yutqazdi, “Manchester Yunayted”da esa jangovar durang
ePN