"Sharlotta" klubining sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Kortreyk"da o‘ynayotgan Brext Dejagere "Inter Mayami" klubi va Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi bilan bo‘lgan suhbat haqida gapirdi.
“Final hushtagi yangraganidan so‘ng, men undan qayerda o‘zini yaxshi his qilayotganini so‘radim - Mayamidami yoki Fransiyada. U hayron bo‘ldi. “Tuluza” futbolchisi bo‘lganimda “Park de Prens”da unga qarshi o‘ynaganimni esladim. Leo meni eslamadi... lekin men uchun o‘shanda u amalga oshgan bolalik orzusi edi.
Messi har doim mening sevimli futbolchim bo‘lgan! U bilan uchrashish aql bovar qilmaydigan narsa edi... Va o‘sha kuni u menga PSJda o‘zini yomon his qilganini aytdi. Chunki avvaliga parijliklar uni yaxshi qabul qilishgan bo‘lsa, Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, muxlislar har gal to‘pga teginishida hushtakbozlik qila boshlashdi va u bundan tez charchadi.
O‘sha kuni uni bir necha marta yiqitganman. Shuning uchun o‘yindan so‘ng uning futbolkasini so‘rashga jur’at eta olmadim: har safar 100 ga yaqin odam undan futbolka so‘rasa, u bundan charchagan bo‘lsa kerak...”, - dedi Dejager.
Messi 2023 yilda aynan PSJdan “Inter Mayami”ga o‘tgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?