18:22 / 06.10.2024
7

Superliga. Cheran tug‘ilgan kunida xet-trik qildi va "Paxtakor"ga g‘alaba taqdim etdi

Superliga. Cheran tug‘ilgan kunida xet-trik qildi va "Paxtakor"ga g‘alaba taqdim etdi
Foto: “PFL”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan o‘yin 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda “Paxtakor” Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qildi. “Jar” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Toshkent klubi g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Dragan Cheran hisobni ochdi. Qanotdan yetkazib berilgan to‘pni darvozaga yo‘llagan Cheran mo‘ljalda adashmadi. Duglas Maykon 18-daqiqa hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda Samarqand klubi himoyachisi qo‘l bilan o‘ynadi deb topgan hakam 11 metrlik nuqtan ko‘rsatdi. Cheran ikkinchi golni Samarqand darvozasiga joylab qo‘ydi. Dushan Miyich 55-daqiqada Nazarov darvozasiga zarba yo‘lladi. To‘p “Paxtakor” futbolchilariga tegib darvozadan joy oldi — 2:2.

70-daqiqada “Paxtakor” klubi hujumga o‘tdi. To‘p uzatilayotgan Samarqand futbolchisi qo‘lini tanasiga yashirishga harakat qildi, ammo hakam bu safar ham penalti bor deb hisobladi. Nuqtaga yaqinlashgan Cheran tug‘ilgan kunida xet-trikka erishdi va to‘pni uyga olib ketish huquqiga ega bo‘ldi.

Qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘ngida “Paxtakor” futbolchisi Diyor Xolmatov yakuniy hisob 4:2 bo‘lishini ta’minladi. Shu tariqa “Paxtakor” Toshkentda g‘alaba qozondi.

"Paxtakor" – "Dinamo" 4:2
Gol
: 9 - Dragan Cheran (Umar Adhamzoda), 18 - Maykon Duglas Da Silva Neris, 42 - Dragan Cheran, 55 - Dushan Miyich, 72 - Dragan Cheran, 90+ 5- Diyor Holmatov
Toshkent. "Jar" stadioni

"Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov, 3. Shahzod Azmiddinov, 4. Abdulla Abdullayev, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojiakbar Alijonov, 8. Diyor Holmatov, 10. Dragan Cheran (s) ( 6. Muhammadali O‘rinboyev,90), 17. Dostonbek Hamdamov (99. Ulug‘bek Hoshimov.64), 22. Umar Adhamzoda (2. Behruzbek Asqarov, 74), 27. Sardor Sobirxo‘jayev (15. Diyorbek Ortiqboyev, 90), 30. Otabek Jo‘raqo‘ziyev ( 11. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 74).
Zaxira: 35. Pavel Pavlyuchenka,31. Muhammadali Usmonov, 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 77. Dilshod Saitov.

"Dinamo": 13. Ravshanbek Yagudin, 3. Ulug‘bek Abdullayev, 4. Muhammadali Tursunov (77. Vohidjon Oqbo‘tayev.46), 6. Jahongir O‘rozov, 7. Fransis Narx (14. Baxodir Nasimov, 69)11. Markos Kayk Morais De Oliveyra (8. Hislat Halilov, 46), 17. Salim Mustafoyev (s), 20. Jurani Fransisko Ferreyra, 21. Anvarjon Hojimirzayev (9. Humoyunmirzo Iminov, 79), 44. Dushan Miyich (22. Sanjar Shoahmedov, 79), 70. Maykon Duglas Da Silva Neris.
Zaxira: 1. Farhod Rahmatov, 18. Dilshod Rahmatullayev, 30. Abubakir Mo‘ydinov, 37. Firdavs Abdurahmonov.

Ogohlantirish: 50 - Umar Adhamzoda

Foto: “PFL”
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Paxtakor” hisobidagi ochkolar soni 35 taga yetdi va “Sug‘diyona” klubiga yetib oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. Cheran tug‘ilgan kunida xet-trik qildi va "Paxtakor"ga g‘alaba taqdim etdi
ePN