
Ispaniya chempionatining to‘qqizinchi turidan o‘rin olgan “Real” va “Vilyarreal” uchrashuvi yakunlanishi arafasida mezbonlar sardori Daniel Kavaxal raqib futbolchisi Yeremi Pino bilan kurashda jarohat olgandi.
Tajribali futbolchini tibbiyot xodimlari maydondan zambilda olib chiqdi. Klub Karvaxalni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. “Real” klubi rasmiy sahifasida futbolchiga qo‘yilgan tashxisni e’lon qildi.
- Dani Karvaxal klub tibbiyot xizmati xodimlari tomonidan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganidan keyin futbolchining o‘ng oyog‘ida uchta bog‘lamning uzilgani aniqlandi. Tez kunlarda Karvaxal operatsiya qilinadi, - deyiladi klub bayonotida.
Ma’lumotlarga qaraganda, bunday og‘ir jarohatdan keyin futbolchining oyoqqa turishi uchun bir necha oy vaqt ketadi.
DanielKavaxalRealVilyarrealFutbolJarohatiTibbiyTekshiruvIspaniyaChempionatiKarvaxalOperatsiyasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing