22:00 / 06.10.2024
6

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionati bronza medalini qo‘lga kritdi!

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionati bronza medalini qo‘lga kritdi!
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda.

Bugun musobaqaning so‘nggi kuni aralash juftlik bahslari o‘tkazilyapti. Unda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etayotgan edi. Hamyurtlarimiz avvaliga Xitoyni 4:2 hisobida taslim etdi. Chorak finalda esa, afsuski, Yaponiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Bronza medali yo‘lidagi o‘tish bahsida Turkiya terma jamoasi ancha ishonchli ko‘rinishda mag‘lub etildi - 4:0. Bronza medali uchun kechgan hal qiluvchi bahsda esa yoshlarimiz Ozarbayjon ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi bronza esa, Janubiy Koreya vakillariga nasib qildi.

Birozdan so‘ng, kechadigan hal qiluvchi final bellashuvda Yaponiya va Fransiya terma jamoalari turnir g‘olibligi uchun o‘zaro hisob-kitob qilishadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon chempionati bronza medalini qo‘lga kritdi!
ePN