Beterbiev Bivol ustidan gʻalaba qozondi va mutlaq chempionga aylandi!

Sport1 daqiqa o'qish122
Beterbiev Bivol ustidan gʻalaba qozondi va mutlaq chempionga aylandi!
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joylashgan Kingdom Arena majmuasida professional boks oqshomi tashkil etildi.

Markaziy jangda yarim ogʻir vazn toifasida WBC, WBO va IBF kamarlari sohibi, rossiyalik Artur Beterbiev mazkur vazn toifasida WBA va IBO kamarlari sohibi boʻlib turgan hamyurti Dmitriy Bivolga qarshi ringga koʻtarildi.

Jang 12 raund davom etdi va Beterbievning gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu bahsda 114-114, 115-113, 116-112 hisobida Beterbiev professional boksdagi 21-gʻalabasini nishonladi. Bu uning muddatidan oldin tugamagan birinchi jangi hisoblanadi. Shu tariqa Beterbiev oltita kamar sohibiga aylandi — WBA, WBO, WBC, IBF, IBO, The Ring.

Uning raqibi Bivol oʻzining birinchi magʻlubiyatini qabul qildi. Janggacha u 23 ta jangda gʻalaba qozongan (12 tasini nokaut bilan) edi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?