09:01 / 13.10.2024
8

Millatlar Ligasi. Ronaldu gol urgan o‘yinda Portugaliya Polsha ustidan g‘alaba qozondi (video)

Millatlar Ligasi. Ronaldu gol urgan o‘yinda Portugaliya Polsha ustidan g‘alaba qozondi (video)
Futbol bo‘yicha UYEFA Millatlar Ligasi “A” ligasi 1-guruhidan o‘rin olgan 3-tur uchrashuvida Polsha va Portugaliya terma jamoalari to‘qnash keldi.

Uchrashuvni niderlandiyalik hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Ushbu bahsda portugaliyaliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.

26-daqiqada Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva hisobni ochdi.

37-daqiqada Krishtianu Ronaldu hisobidagi farqni oshirdi,. Uning goliga Rafael Leao assistentlik qildi.

88-daqiqada Polsha futbolchilari o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Mezbonlar uch golga 72-daqiqadagi Zelinskining goli bilan javob berdi.

Shu tariqa Ronaldu o‘z hisobidagi gollari sonini 906 taga yetkazib oldi.

Millatlar Ligasi.
3-tur

12 oktyabr, yakshanba

Polsha — Portugaliya 1:3
Gollar
: 0:1 — Silva (26), 0:2 — Ronaldu (37), 1:2 — Zelinski (78), 1:3 — Bednarek (88, avtogol).
Polsha: Skorupski, Davidovich, Bednarek, Valyukevich (Kiver, 46), Zalevski (Amiyou, 76), Zelinski, Oedele (Moder, 66), Shimanski (Piontek, 84), Frankovski, Sviderski (Urbanski, 76), Levandovski.
Portugaliya: Koshta, Mendesh, Diash, Dalot, Veyga, Silva (Samu Koshta, 90+1), Ruben Nevesh, Leau (Trinkau, 64), Fernandesh (Otavio, 90+1), Netu (Semedu, 82), Ronaldu (Jota, 63).
Ogohlantirishlar: Netu (32), Valyukevich (45+1), Frankovski (51), Skorupski (88), Piontek (88).

Millatlar Ligasi, Ronaldu, Gol urgan o‘yin, Portugaliya, Polsha

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Millatlar Ligasi. Ronaldu gol urgan o‘yinda Portugaliya Polsha ustidan g‘alaba qozondi (video)
ePN