Foto: O‘FA
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 3-saralashi 4-turida BAAga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning shiddatli o‘tgan birinchi bo‘limi 0:0 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda esa BAA bir kishi kam bo‘lib qoldi. 65-daqiqada Abdulla Hamad qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 73-daqiqada esa o‘zbekistonliklar penalti ishlab oldi. 76-daqiqada ushbu penaltini Otabek Shukurov aniq amalga oshirib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va O‘zbekiston kichik hisobda g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston 1 va 2-turda Shimoliy Koreya va Qirg‘iziston ustidan g‘alaba qozongan edi. 3-turda esa Eronga qarshi o‘yinda durang qayd etildi.
JCH—2026 saralashi
15 oktyabr, seshanba
O‘zbekiston — BAA 1:0
Gol: 1:0 — 76 Shukurov (penalti)
O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 2. Abduqodir Husanov, 18. Abdulla Abdullayev (17. Bobir Abdixoliqov, 70), 23. Husniddin Aliqulov, 13. Sherzod Nasrullayev, 19. Azizbek Turg‘unboyev (3. Hojiakbar Alijonov, 60), 7. Otabek Shukurov, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov, 22. Abbosbek Fayzullayev (20. Hojimat Erkinov, 90), 14. Eldor Shomurodov.
BAA: 17. Xolid Eysa, 2. Abdulla Idris, 8. Taxnun Hamdam, 9. Harib Abdulla, 10. Yahyo Ali, 11. Kayo Kanedo, 12. Xalifa Muborak, 13. Muhammad Omar, 14. Abdulla Hamad, 16. Markus Vinisius, 19. Xolid Ibrohim.
Chetlatish: Abdulla Hamad (65). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi