Saudiya Arabistoni chempionatining yettinchi turida so‘nggi daqiqalarda “Ash-Shabab” darvozasini penaltidan ishg‘ol qilib, “An-Nasr”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan Krishtianu Ronaldu uchrashuvdan keyin o‘z fikrini bildirdi.
29 yoshli to‘purar o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida “Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz!”, deb izoh qoldirdi.
Krishtianu Ronaldu uchun mazkur uchrashuvda kiritilgan to‘p faoliyatidagi 907-gol bo‘ldi. Hali jahon futbolida birorta o‘yinchi rasmiy uchrashuvlarda buncha ko‘p gol urmagan.
Ronaldu klublar miqyosidagi o‘yinlarda “Sporting”da beshta, “Manchester Yunayted”da 145 ta, “Real”da 450 ta, “Yuventus”da 101 ta va “An-Nasr”da 73 ta to‘p kiritgan. Bundan tashqari, Portugaliya terma jamoasi safida raqiblar darvozasini 133 marotaba ishg‘ol qilgan.
Ronaldu jahon futboli tarixidagi, terma jamoalar va Yevropa chempionatlaridagi, Yevropa Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatlaridagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi