Xans-Diter Flik “Barselona”da revolyutsiya qildi...

Xans-Diter Flik “Barselona”da revolyutsiya qildi...
“Barselona” prezidenti Joan Laporta jamoani muvaffaqiyatli boshqarayotgan germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik haqida juda iliq fikr bildirdi.

- Flik klubda bosh murabbiy sifatida ishga munosabatni revolyutsion darajada o‘zgartirdi. U shaharga juda tez moslashdi, odamlar bilan yaxshi munosabatda, shu bilan birga ishiga talabchan, o‘ta tartib-intizomli, hammaga shaxsan o‘rnak bo‘lyapti.

Eng muhimi, Flik haqiqiy professional, boshqalarga esa, odamgarchilik yuzasidan do‘stona munosabat qiladi. Biz uning ishidan juda mamnunmiz
, - dedi Joan Laporta.

59 yoshli mutaxassis “Barselona”ni iyulda qabul qilib olgan edi. Germaniyalik murabbiy jamoa o‘yinida ijobiy o‘zgarishlar qila oldi va hozirgi “Barselona” ancha yorqin o‘yin ko‘rsatmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar