“Metallurg” – “Andijon” (0:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov savollarga javob qaytardi.
- 6 ochkolik xarakterli o‘yin bo‘ldi. Raqib jamoaga ochko juda zarurligini tushunish qiyin emasdi. Lekin ikkala jamoa ham g‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsatmadi. Ko‘plab vaziyatlardan foydana olmadik. Ikkala jamoa ham extiyotkorlik bilan to‘p surishdi. Bizning rejamiz boshqacha edi. Raqib jamoa tajovuzkorroq harakatlandi. Biz o‘yinning katta qismini himoyada o‘tkazishga majbur bo‘ldik. Qayta hujumga o‘tish qiyin bo‘ldi. Jiddiy qarshilikka duch keldik. Afsuski, yana bir bor chempionatda g‘alaba qozona olmadik.
- O‘zbekiston Kubogidagi g‘alabadan keyin futbolchilarni bu o‘yinga tayyorlash qiyin bo‘lmadimi?
- Ha, bu o‘yinga tayyorlash qaysidir ma’noda qiyin bo‘ldi. Yigitlar chempionatda ham, Kubokdagidek g‘alabalar zarurligini tushinib turishibdi. Bizning maqsadimiz faqat g‘alaba edi. Muxlislarimiz ham bizni faol qo‘llab turishdi. Bizga hujumkorlik yetishmadi. Vaziyatlardan gol ura olmadik. Qaysidir ma’noda o‘yindan qoniqdim, ko‘rsatgan o‘yin uchun yigitlarga rahmat aytaman.
- Jamoaningizni turnir jadvalida pastki o‘rinlarda borayotgani sizni tashvishlantiryaptimi?
- Albatta, xavotirga solyapti. Anchadan beri g‘alaba qozona olmayapmiz. Ko‘p sonli muxlislarimiz bizdan g‘alaba kutishmoqda. Qandaydir ruhiy o‘raga tushib qolgandekmiz. Kubokdagi zafarimiz zo‘r ko‘rinish bermoqda. Hujumda muammolarimiz bor, vaziyatlardan foydanalanishda oqsamoqdamiz. Ayniqsa, qo‘shib berilgan daqiqalardagi standart vaziyatda Bubanya yaxshi harakatlangandi. Vaziyatlarni yaratayotganimiz xursand qilyapti, lekin hamon g‘alaba yo‘q.
- Qolgan o‘yinlarda necha ochko jamg‘arishni o‘ylayapsiz?
- Yigitlar bilan gaplashib oldik, har bir o‘yin biz uchun finaldek. Shu tarzda ruhlantirmoqdamiz. Har o‘yindan maksimum ochko olmoqchimiz. Qancha ochko yetarli ekanligini sanab, hisoblaganimiz yo‘q.
- O‘zbekiston Kubogidagi g‘alabadan keyin futbolchilarga va’da qilingan pullar to‘landimi?
- Ha, albatta, bosh homiymiz va viloyat hokimligi tomonidan va’da qilingan rag‘batlantirishni oldik. Buning uchun ularga katta minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bunday e’tibordan xursandmiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
AQSH raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi