
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi kecha MLSning final bosqichida "Nyu-Inglend Revolyushn"ga qarshi o‘yinda (6:2) zaxiradan maydonga tushdi.
Argentinalik futbolchi 58-daqiqada uchrashuvga qo‘shildi, biroq 78, 81 va 89-daqiqalarda raqib darvozasiga aniq zarba yo‘llab, xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. 37 yoshli superyulduz shu kuni o‘z nomiga assist ham yozdirib qo‘ydi.
MLS Communications ma’lumotlariga ko‘ra, Messi MLS tarixida zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng "3+1" qayd etgan birinchi futbolchiga aylandi. Lionel joriy mavsum MLSda 19 uchrashuvda 20 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bundan avvalroq Messi ketma-ket ikkinchi o‘yinda xet-trik qayd etgani haqida ham xabar qilgan edik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar