18:28 / 20.10.2024
7

Superliga. “Neftchi” va “Navbahor” o‘rtasidagi bahsda jangovar durang qayd etildi

Superliga. “Neftchi” va “Navbahor” o‘rtasidagi bahsda jangovar durang qayd etildi
Foto: “Navbahor”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan bahslar 20 oktyabr yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Neftchi” o‘zida “Navbahor”ni qabul qildi. Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Anvarjon G‘ofurov hisobni ochdi. Bo‘lim farg‘onaliklarning kichik hisobdagi ustunligi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda esa jamoalar yana bir necha xavfli vaziyatlarni yaratdi. 80-daqiqada esa Toma Tabatadze penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. 90-daqiqada esa Sanjar Qodirqulov “Beftchi”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

90+6-daqiqada Azim Ahmedov muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi va uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlanishiga hissa qo‘shdi.

Shu tariqa vodiy derbisi durang bilan yakunlandi.

Superliga
21-tur

20 oktyabr, yakshanba

“Neftchi” — “Navbahor” 2:2
Gollar
: Anvarjon G‘ofurov, 3 (1:0), Toma Tabatadze, 80 pen (1:1), Sanjar Qodirqulov, 90 (2:1), Azim Ahmedov, 90+6 (2:2).

“Neftchi”: 1. Botirali Ergashev, 2. Zoir Jo‘raboyev, 4. Boyan Siger, 11. Javohir Qahramonov (17. Sanjar Qodirqulov, 86), 19. Mirzohid G‘ofurov (55. Manuchehr Safarov, 86), 20. Anvarjon G‘ofurov, 24. G‘ulom-Haydar G‘ulomov, 30. Quvondiq Ro‘ziyev (23. Diyorjon Turopov, 81), 70. Abbosjon G‘ulomov, 77. Bilolxon Toshmirzayev (22. Azizbek Amonov, 71), 99. Nsungusi Effiong.

“Navbahor”: 35. Sanjar Quvvatov, 7. Azimjon Ahmedov, 10. Jamshid Iskanderov, 12. Saidazamat Mirsaidov (21. Giorgi Nikabadze, 79), 14. Jamshid Boltaboyev, 22. Toma Tabatadze, 23. Yovan Jokich, 24. Dostonbek Abdulhayev (9. Odiljon Hamrobekov, 68), 34. Farruh Sayfiyev, 55. Komiljon Tojidinov (20. Muzaffarxon Mo‘minov, 68), 77. Abrorbek Ismoilov.

Ogohlantirishlar: Javohir Qahramonov (43), Toma Tabatadze (52), Abbos G‘ulomov (79).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Neftchi” va “Navbahor” o‘rtasidagi bahsda jangovar durang qayd etildi