Italiyalik murabbiy Roberto Manchini Saudiya Arabistoni terma jamoasidan chetlatilsa 25-30 million yevro oladi, deb xabar bermoqda Calcio e Finanza.
Mutaxassis bilan kelishuv 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan, biroq saudiyaliklar hoziroq u bilan xayrlashmoqchi. Tomonlar hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi yaqin vaqtlarda italiyalik mutaxassisning iste’fosini e’lon qiladi. Manchinining ishdan olinishini Saudiya Arabistoni qiroli tasdiqlashi kerak.
Manchini bir mavsum Rossiyaning «Zenit» klubini boshqargan. U bilan birga klub 2017-18 yilgi mavsum yakunida Rossiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi.
2023 yilda Manchini Italiya terma jamosi bilan 2024 yilgacha amal qiladigan shartnomasini bekor qildi. Uning boshchiligida Italiya terma jamoasi Yevro-2020da g‘alaba qozondi va mag‘lubiyatsiz ketma-ket 37 o‘yin o‘tkazib, jahon rekordini o‘rnatdi.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi hozirda JCH-2026 saralash guruhida 5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa Yaponiya va Avstraliyadan orada qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi