date
views 95

O‘zbekistonlik mutaxassis Ozarbayjon boks terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi

O‘zbekistonlik mutaxassis Ozarbayjon boks terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi
Ozarbayjon erkaklar terma jamoasining bosh murabbiyligi hamyurtimiz Ravshan Xo‘jayevga ishonib topshirildi.

U o‘tgan yildan to shu kungacha Ozarbayjon boks federatsiyasida texnik direktor lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, 44 yoshli mutaxassis Shahram G‘iyosovning murabbiyi hisoblanadi. Xalqaro toifadagi sport ustasi murabbiylik faoliyatini 1998 yilda boshlagan edi. Xo‘jayev Ozarbayjon terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimida kubalik mutaxassis Pedro Rokeni o‘rnini egalladi. Rokening Ozarbayjon boks federatsiyasi bilan shartnomasi yakuniga yetgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik mutaxassis Ozarbayjon boks terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi