
"Real Madrid" jamoasi ustozi Karlo Anchelotti "Barsa"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- "Natija o‘yinning qay tarzda o‘tganini bildirmaydi. Menga birinchi bo‘lim yoqdi. Ular gol urishganda biz kuchimizni yo‘qotdik.
Rejamiz "Borussiya Dortmund"ga qarshi o‘yinning 2-taym dinamikasiga amal qilish edi va biz buni 60 daqiqa davomida bajara oldik.
Mbappe 3-4 ta gol urishi mumkin edi, bizga ko‘proq aniqlik yetishmadi. Biz xafa bo‘ldik. Bu qiyin payt. Biroq, taslim bo‘lmaymiz, mavsum uzoq davom etadi.
Oxirgi marotaba "Barselona"ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lganimizda biz La Liga va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan edik.
Flik bilan hech qanday muammo yo‘q. Biroq, uning yordamchilaridan biri o‘zini jentelmenlar kabi tutmadi", - deya o‘z fikrini bildirdi "Real Madrid" bosh murabbiyi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar