18:22 / 28.10.2024
12

Superliga. “Neftchi” safarda “OKMK” ustidan g‘alaba qozondi

Superliga. “Neftchi” safarda “OKMK” ustidan g‘alaba qozondi
Foto: “Neftchi”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan bahs 28 oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Neftchi” safarda “OKMK” mehmoni bo‘ldi. O‘yinning 14-daqiqasida farg‘onaliklar futbolchisi Anvar G‘ofurov hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim shu hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham mehmonlarning ustunligi davom etdi. 81-daqiqaga kelib, Nsungusi Effiong “Neftchi”ning ikkinchi golini urdi. O‘yin oxirida esa Dilshodbek Ahmadaliyev hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa “Neftchi” 2:1 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Farg‘ona jamoasi ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 33 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. “OKMK” esa 39 ochko bilan 2-o‘rinni band etgan.

Superliga
22-tur

28 oktyabr, dushanba

“OKMK” — “Neftchi” 1:2
Gollar
: Anvarjon G‘ofurov, 14 (0:1), Nsungusi Effiong, 81 (0:2), Dilshodbek Ahmadaliyev, 90+2 (1:2).

“OKMK”: 35. Javohir Ilyosov, 4. Mirjamol Qosimov ( 30. Abror Sarimsoqov,46), 5. Giorgi Papava (3. Sardor Rahmonov,46), 9. Ruben Sanches Peres, 10. Xurshid G‘iyosov, 11. Kleydzi Dasi, 13. Eldorbek Begimov (7. Dilshodbek Ahmadaliyev, 76), 15. Oybek Rustamov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 22. Shohruh Gadoyev, 28. Arixiro Sentoku (19. Mixael Klepach,70).

“Neftchi”: 1. Botirali Ergashev, 2. Zoir Jo‘raboyev, 4. Boyan Siger, 20. Anvarjon G‘ofurov, 22. Azizbek Amonov ( 70. Abbosjon G‘ulomov, 74) 23. Diyorjon Turopov, 24. G‘ulom Haydar Gulyamov, 30. Quvondiq Ro‘ziyev (11. Javohir Qahramonov,74) 55. Manuchehr Safarov, 77. Bilolxon Toshmirzayev, 99. Nsungussi Effiong.

Ogohlantirish: Azizbek Amonov (29).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Neftchi” safarda “OKMK” ustidan g‘alaba qozondi