Nodirbek Yakubboyev shaxmat bo‘yicha JCh bronza medali sohibi bo‘ldi

1 daqiqa o'qish6.8K
Nodirbek Yakubboyev shaxmat bo‘yicha JCh bronza medali sohibi bo‘ldi
Nodirbek Yakubboyev shaxmat bo‘yicha JCh bronza medali sohibi bo‘ldi

O‘smirlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida 61 mamlakatdan 412 sportchi ishtirok etdi, "gazeta.uz" nashri
20 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar Rossiyaning Xanti-Mansiy shahrida 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 61 mamlakatdan 412 shaxmatchi (221 o‘smir va 191 qiz) qatnashdi. Sportchilar ikki — har ikki jins vakillari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan «open» va faqatgina qizlar uchun seksiyada bahsga kirishdi. O‘zbekiston termasidan olti nafar shaxmatchi qatnashdi.

O‘zbekiston vakillaridan faqat bir nafari — Nodirbek Yakubboyev (jahon reytingida 2431 punkt) 43 mamlakatdan kelgan 76 nafar 14 yoshgacha sportchi o‘rtasida 11 tur yakunlariga ko‘ra bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Nodirbek Yakubboyev shaxmat bo‘yicha JCh bronza medali sohibi bo‘ldi

18 yoshgacha qizlar orasida gresiyalik Stavrula Solakidu, o‘smirlar o‘rtasida armanistonlik Manuel Petrosyan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Hindistonlik Xagavene Alanksha hamda Armaniston vakili Xaik Martirosyan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida g‘olib deb topildi.

14 yoshgacha shaxmatchilar orasida xitoylik Chju Jiner hamda Semyona Lomasova birinchi o‘rinni band etdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?