date
views 168

Rodri — «Oltin to‘p-2024» sohibi

Rodri — «Oltin to‘p-2024» sohibi
"France Football" "Oltin to‘p" egasini ma’lum qildi. Eng ko‘p ovozni "Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Rodri to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Yarim himoyachi Vinisius Junior, Jud Bellingem va Dani Karvaxalni ortda qoldirib, mazkur sovringa ega chiqdi.

Top-5dan «Real»ning 3 futbolchisi — Vinisius Junior (2), Jud Bellinghem (3), Dani Karvaxal (4) va «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand (5) o‘rin oldi.

Eslatib o‘tamiz, Rodri Ispaniya bilan "Yevro", shuningdek, "Manchester Siti" safida APLni yutgandi. Qayd etish joiz, u o‘tgan mavsum 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta golda ishtirok etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rodri — «Oltin to‘p-2024» sohibi