Zinedin Zidan: Ronaldu zaxiraga olinganida xafa bo‘lgani yaxshi bo‘ldi

Zinedin Zidan: Ronaldu zaxiraga olinganida xafa bo‘lgani yaxshi bo‘ldi
Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin ZidanLas-Palmas”ga qarshi (2:2) La Liga 6-turida Krishtianu Ronalduni zaxiraga olish qaroriga izoh berdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.

“Ronaldu zaxiraga olinganida xafa bo‘lgani yaxshi bo‘ldi. Bu holat Krishtianu jamoa taqdiriga befarq emasligini ko‘rsatdi. Men unga barchasini tushuntirdim. Shu erda nuqta qo‘yamiz. Hozir futbolchilar bitta mavsumda 60 tagacha o‘yin o‘tkazadi. Mening davrimda biz shuncha o‘yinni ikki yilda o‘tkazar edik. Menimcha, futbolchi shuncha o‘yinda bir xil darajada o‘ynay olmaydi”, – dedi fransiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli portugaliyalik futbolchi “Las-Palmas”ga qarshi o‘yinda zaxiraga olingani uchun Zinedin Zidanga norozilik bildirgan hamda mutaxassisning ustidan “Real Madrid” prezidenti Florentino Peresga shikoyat qilgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar