
Portugaliya terma jamoasi va “An-Nassr” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyati yakunigacha 1000 ta gol urishni o‘ylamayotgani haqida gapirdi.
“To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, faoliyatim davomida 1000 ta gol urish haqida o‘ylayotganim yo‘q. Ha, doim tarixga kirgim keladi, ammo hozir bor e’tiborim rekordda emas” dedi Portugaliya terma jamoasi hujumchisi.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasi doirasida Polsha terma jamoasi bilan o‘yinda (5:1) dubl qayd etdi.
Ronaldu uchun bu terma jamoasi tarkibida raqiblari darvozasiga kiritgan 134 va 135-gollar bo‘ldi. Futbol yulduzi rasmiy o‘yinlarda faoliyati davomida 910 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar