Neymar «Barselona» bilan 2021 yilga qadar shartnomani uzaytiradi, transfer narxi - 250 million yevro


«Barselona» rahbariyati yaqin vaqtlar ichida hujumchi Neymarning shartnomasini yangilashni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Fut.uz" xabar berdi.
Kataloniyaliklar Neymarga yangi shartnoma muddati 2021 yilga qadar davom etishini ma’lum qilishgan. Ammo hozircha bu borada rasmiy hujjat imzolangani yo‘q.
Imzolash marosimi kelasi hafta bo‘lib o‘tishi lozim. Unga ko‘ra Neymarning maoshi oshirilgan.
Boz ustiga yangi shartnomaga ko‘ra Neymarning transfer qiymati ham oshadi. U 2016/17 yilgi mavsumda 200 million yevro, 2017/18 yilgi mavsumda esa 222 million yevro evaziga jamoadan ketishi mumkin. Keyinchalik esa Neymarning narhi yana-da oshadi va 250 million yevroni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.































Izohlar 0
…