Superliganing 25-turi doirasida "Paxtakor" - OKMK o‘yini yakunlanganidan keyin olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.
- Milliy terma jamoamiz saralash o‘yinlarida ishtirok etishi sababli o‘yin amaliyoti biroz yetishmadi. Shundan biz qo‘rqqandik. O‘yinga keladigan bo‘lsak, "Paxtakor" ham yigitlarim ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Eng keraklisi, natijadan qoniqdim. O‘yin kurashlarga boy bo‘ldi. Ochko esa suv va havodek muhim edi. O‘tgan 4 o‘yin davomida yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmayotgandik. "Paxtakor" nomdor jamoa, qolaversa, kelajagi porloq yoshlar yetishib chiqadi. Ular yaxshigina qarshilik ko‘rsatishdi. Biz esa eng keraklisi - natijaga erishdik. O‘yin esdan chiqadi, natija qoladi. Qolaversa, mavsum yakuni, barcha charchagan, asabiy. Yigitlar esa shunga qaramay turib bera olishdi. Shu boisdan o‘yindan ham natijadan ham qoniqdim desam bo‘ladi. Fursatdan foydalanib, shu yerga kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorlik bildiraman.
- O‘zingiz aytgansiz, mavsum yakunidagi o‘yinlarda futbolchilarda "jamadon kayfiyati" bo‘ladi. Shunday paytda futbolchilarni ruhan va jismonan tayyorlash qanday kechadi?
- Bunga jiddiy qarash kerak. Xavotirga solgan narsa - ikki haftalik tanaffus ham yigitlarni ritmdan chiqarishi mumkin. Siz aytayotgan narsa ruhiy holatga bog‘liq. Birinchi davrani oxirgi o‘yinidan keyin bir oy damga chiqqandik. O‘shanda Qarshida "Qizilqum"ga yutqazgandik, shunda ko‘p narsalar ko‘ringandi. O‘shanda ayrim futbolchilardagi "jamadon kayfiyati" ta’sirini o‘tkazgandi. Ha, bu kichik detal sifatida ko‘rinishi mumkin, lekin bu ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, shuningdek, his-hayojon ham. Bir vaziyatni eslasak, o‘shanda Javohir oddiy holatda xato qilgandi. Biroq u bunday xatolar qilmasdi. Unga hayajonlandingmi, deb savol berdim. O‘sha paytda uning hayajonlangani ko‘ringandi.
- OKMK bosh murabbiyi bo‘lganingizdan beri ilk marta "Paxtakor"ni ikkala o‘yinda ham mag‘lub qildingiz. "Paxtakor"ni yuta olish immuniteti shakllandimi?
- Yo‘q, bunday deyish kerak emas. Statistikaga qaramaslik kerak. O‘tgan yili "Paxtakor" maydonida 2:1 hisobida mag‘lub bo‘layotganimizda Ruben raqib posboni bilan birga-bir holatga chiqib borgandi, lekin gol ura olmagandi. Bu futbol. Aytyapman-ku, o‘tgan 4 o‘yinda juda ko‘p vaziyatlar yaratdik, lekin bulardan foydalana olmadik. Oxirigacha kurashdik. "Neftchi"dagi o‘yinda esa standartdan gol o‘tkazib yubordik, vaziyatlarimizdan gol ura olmadik. "Olimpik" bilan o‘yinda esa 4-5ta yaqqol vaziyatlar bo‘ldi. Xursand qiladigan narsa, oxirigacha kurashyapmiz. Muxlislar esa bizni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Yutqazmaydigan jamoaning o‘zi yo‘q. Lekin o‘yinni oxirigacha o‘ynab qo‘yishni yaxshi hislat deb o‘ylayman. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
«Markaziy Osiyo – Xitoy» quvuri orqali 14 yilda yetkazilgan tabiiy gaz miqdori ma’lum qilindi
Ta’sirchanlik, bezovtalik, horg‘inlik... nevrologik kasallik alomatimi?
Toshkent shahrida kutilayotgan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?
Lukashenko 21 nafar sobiq kuchishlatar tizimlar vakillarini unvonidan mahrum qildi
Ukraina ilk bor AQSH raketasi bilan Rossiyaga zarba berdi