date
views 62

Ilyos Qurbonov: "Hozirgi asosiy maqsadimiz — "jon saqlash"

Ilyos Qurbonov: "Hozirgi asosiy maqsadimiz — "jon saqlash"
O‘zbekiston Superligasi 26-turida "Nasaf" - "Metallurg" (1:2) bahsi bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ilyos Qurbonov ishtirok etdi.

"Assalomu alaykum. "Nasaf" qanchalik kuchli jamoa ekanligini, qanday futbol o‘ynashini bilardik. Yaxshi shakllangan jamoa, tarkibda sifatli ijrochilar ko‘p. Ular o‘z-o‘zidan chempion bo‘lib qolgani yo‘q. Bu o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rdik. Mazkur bellashuvga tayyorgarlik uchun bizda 3 hafta vaqtimiz bor edi va yaxshi tahlil qildik. Ko‘pgina vaziyatlarga ega bo‘ldik, ulardan vaqtliroq foydalanish ham kerak edi. Aytib o‘tganimdek, har bir uchrashuv biz uchun final edi. Hammaga rahmat. Oldinda yana o‘yinlar bor", - dedi Ilyos Qurbonov.

- O‘z vaqtida siz ham "Nasaf"da to‘p tepgansiz. O‘sha vaqtdagi jamoa bilan hozirgisini haqida nima deya olasiz?
- "Nasaf" doim kuchli jamoa bo‘lgan. O‘sha vaqtlar ham kuchli bo‘lgan. Vali Keldiyev, Ro‘ziqul Berdiyev, Zafar Xolmurodov, Botir Qorayev kabi kuchli futbolchilar bo‘lardi. Ikkinchi-uchinchi o‘rinni olib yurardik doim, chempionlik uchun doim bir oz yetmay qolardi. Oldingi futbol boshqa narsalarni talab qilardi, zamonaviy futbol boshqacharoq. Balki oldingi "Nasaf" ijrochilari kuchliroqmikin, deb o‘ylayman.

- Bugun "Metallurg" g‘alaba qozondi. Sizning jamoangiz "Nasaf"dan jismoniy jihatdan kuchliroqmidi yoki ishtiyoq borasida?
- Biz jismoniy tarafdan ham tayyor edik. Buni oldingi bellashuvlar ham ko‘rsatdi. "Nasaf" ham jismonan kuchli. Shunchaki, bundan avvalgi bahsda ular Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida o‘yinda maydonga tushishdi. Inson organizmini aldab bo‘lmaydi. Bolalarga o‘yindan avval ham ta’kidlagandim. 45 daqiqa chidab bersak, ikkinchi bo‘limda "Nasaf"da charchoq alomatlari sezilishini bilgandik. Shuning uchun, yigitlarga birinchi bo‘limdan keyin yanada faolroq tarzda oldinga borishni tayinlagandik.

Birinchi davrada ko‘p yo‘qotishlar bo‘ldi. Balki bunga jismoniy tayyorgarlik sabab bo‘lgandir. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, ikkinchi davrada jamoamiz birinchi davraga qaraganda 60%ga o‘zgardi. Hozirgi asosiy maqsad jon saqlash.

Hozirgi "Nasaf"ning yarim himoya va hujum chizig‘ini kuchliroq deb bilaman. Nazarimda, himoyada muammolar bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilyos Qurbonov: "Hozirgi asosiy maqsadimiz — "jon saqlash"