13:49 / 13.10.2016
6 091

Janubiy Koreya O‘zbekistonga qarshi o‘yin o‘tadigan stadionni o‘zgartirdi

Janubiy Koreya O‘zbekistonga qarshi o‘yin o‘tadigan stadionni o‘zgartirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15 noyabr kuni JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Janubiy Koreya mehmoni bo‘ladi. Bu haqda "Kun.uz" xabar berdi.

Mezbonlar ushbu o‘yinni boshqa shahar va boshqa stadionga ko‘chirishdi.

«Stadion» nashri ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv avval belgilanganidek Seongvipo shahridagi stadionda emas, Seuldagi World Cup stadium o‘yingohida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu stadion o‘z bag‘riga 66704 muxlisni sig‘dira oladi.

Qayd etish kerakki, aynan shu stadionda ikki jamoaning JCh-2014 saralashi doirasidagi, Anvar Shorahmedovning avtogoli bilan esda qolgan uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.

Janubiy Koreya - O‘zbekiston bahsi 15 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, «A» guruhida 4 turdan keyin O‘zbekiston guruhda 9 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, 2 ochko kamroq to‘plagan koreyaliklar jamoasi 3-pog‘onadan joy olgan. Ushbu ikki jamoaning keyingi uchrashuvi guruhning oxirgi turida, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreya O‘zbekistonga qarshi o‘yin o‘tadigan stadionni o‘zgartirdi