Osiyo Elit Chempionlar ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Al Ayn" (1:1) bahsidan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazildi.
- Kecha aytib o‘tganimdek bugun maydonda jang bo‘ldi. Muxlislarga o‘yin yoqdi degan umiddaman. Sariq kartochka va chetlatish ham bo‘ldi. G‘alaba qozonish uchun yetarli vaziyatlarga ega bo‘ldik, ammo o‘yin so‘ngida gol o‘tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Ikki jamoa ham sifatli futbol namoyish etdi. O‘yindan so‘ng yigitlarga rahmat aytdim. Biz shunday o‘ynashda davom etishimiz kerakligini aytdim. O‘yin tempi va barcha rejalarimiz amalga oshdi.
- "Paxtakor" ikkinchi bo‘lim boshida bir kishi ko‘p bo‘lib qoldi. Raqib bosh murabbiyi janob Jardim esa hozirgina chetlatish o‘yinga ta’sir o‘tkazmadi deb aytib o‘tdi. "Paxtakor" nega chetlatishdan so‘ng ustunlik qila olmadi?
- "Al Ayn" jamoasi ikkinchi bo‘limni ham yaxshi o‘tkazdi deb o‘ylamayman. Ular faqatgina ikkinchi qavatda bizdan yaxshiroq bo‘lgan bo‘lishlari mumkin. Biz ikkinchi taymda ham yetarlicha vaziyatlar yaratdik. Muammo shundaki, biz raqib darvozasiga yaqin boramiz va hujumni yakunlay olmaymiz. Superligada ham, Elit ligada ham shunday muammo kuzatilmoqda. To‘g‘ri, raqib bir kishi kam bo‘lib qolganidan so‘ng biz yanada kuchliroq bosim qilishimiz kerak edi, ammo "Al Ayn" ham oddiy jamoa emas. Ular amaldagi OCHL g‘olibi. Chetlatishdan so‘ng ular shunchaki 4-4-1 sxemasiga o‘tib olishdi. Faqatgina Rahimiy hujumda o‘ynadi, xolos. O‘tkazib yuborgan golimiz ham kutilmagan xatodan so‘ng ro‘y berdi. Birinchi bo‘limda ancha yaxshiroq ko‘rindik. Yana bir takrorlayman, bugun jamoam namoyish etgan o‘yindan ko‘nglim to‘ldi.
- "Al Ayn" jamoasining o‘yiniga baho berib o‘tsangiz? BAA jamoasi bugun biroz provokatsion o‘yin namoyish etgandek. Bunga tayyor edingizlarmi?
- Arab mamlakatlari va Erondan buni kutsa bo‘ladi. Har bir jamoani taxminan o‘zini qanday tutishini bilamiz. Men o‘z futbolchilarimga hech qanday provokatsion futbol o‘ynashga undamayman. Qizil kartochkada esa barchasi aniq edi. Men maydon chetida turib, chetlatish kerakligini sezdim.
- Durang natijasi bugungi uchrashuv uchun adolatli natija bo‘ldimi? Bugun ikki jamoa ham yetarlicha ustunlikka ega bo‘ldi.
- Biz ko‘proq g‘alabaga yaqinroq keldik deb o‘ylayman, lekin biz ham gol o‘tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarimizni saqlab qoldik. Endi barchasi fevral oyidagi bahslarda hal bo‘ladi. "Al Ayn"ning natijalari ham yaxshi emas. Ular bor-yo‘g‘i ikki ochko to‘plashdi. Endi esa, bizning va "Al Ayn"ning tarkibini solishtirib ko‘ring. Tarkibimizning 95 foizi bunday musobaqada birinchi marotaba ishtirok etmoqda. Ular, bunga qadar hali xalqaro musobaqada ishtirok etishmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Yerga ikkita potensial xavfli asteroid yaqinlashmoqda
Zelenskiy urushni muzlatish oqibatlarini aytdi
Gvardiola kutilmaganda “Manchester Siti”dan ketishi mumkinligini aytdi
Ishtixonda uch metrlik bo‘g‘ma ilon uyda saqlanayotgani aniqlandi (foto)
AQSH yadro qurolini Ukrainaga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti