date
views 92

Gvardiola: "Nima uchun "Man Siti"da shuncha vaqtdan beri ishlayapman? Bu yerda ahmoqlar yo‘q"

Gvardiola: "Nima uchun "Man Siti"da shuncha vaqtdan beri ishlayapman? Bu yerda ahmoqlar yo‘q"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ingliz klubidagi faoliyati haqida gapirdi.

"Tabiiyki, oradan to‘qqiz yil o‘tgani, ko‘p narsani anglatadi. "Barselona" o‘zgacha o‘rin egallaydi, chunki u yerda men to‘plarni berib turardim, keyin futbolchi va klub murabbiyiga aylandim. U davrlarni ko‘p jihatlari bilan boshqalari bilan taqqoslab bo‘lmaydi.

"Bavariya"dek gigantning murabbiyi bo‘lish, jamoa tizimi, shahar va mentalitetini inobatga olsak… Bu men uchun muhim dars bo‘ldi.

Manchesterda to‘qqiz yil ishlaganimning sababi, bu yerda men stabillikka va yana ko‘p narsaga erishdim. Ular o‘zimni yaxshi murabbiydek his etishimga yordam berdi. Lekin bu yerda bunchalik uzoq ishlayotganimning asosiy sababi nima bilasizmi?

Bu yerda ahmoqlar yo‘q — ana o‘sha insonlar bu savolga javob bera oladilar. Chunki biz ko‘plab g‘alabalarga erishdik. Shuning uchun odamlar menga ishonadi — chunki biz g‘olibmiz
".
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: "Nima uchun "Man Siti"da shuncha vaqtdan beri ishlayapman? Bu yerda ahmoqlar yo‘q"