
Saudiya Arabistoni chempionatining 13-turida “Al-Ittihod” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi “An-Nasr” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda bir vaqtlar birga o‘ynagan Karim Benzema va Krishtianu Ronaldu o‘z jamoalari uchun bittadan gol urib berdi. O‘yin taqdirini Stiven Bergveyning oxirgi daqiqalarda kiritgan supergoli hal qildi.
Bahsdan keyin fransiyalik yulduz portugaliyalik hamkasbi haqida fikr bildirdi.
- Krishtianu bilan yana ko‘rishganimdan mamnun bo‘ldim. Biz birgalikda uzoq yo‘lni bosib o‘tganmiz. To‘qqiz yil “Real”da birga o‘ynadik, ko‘plab gollar urdik, bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritdik, - dedi Karim Benzema.
Bugungi kunda har ikki yulduz Saudiya Arabistoni Professional ligasining yuzi hisoblanadi va bu chempionatdagi futbolchilar orasida eng katta maosh oladigan yulduzlar sanaladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar