Osiyo chempionati. To‘rabek Xabibullayev qiyin jangda g‘alaba qozondi

Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
80 kg vazn toifasida To‘rabek Xabibullayev Qozog‘iston vakili Yerassil Jakpekovga qarshi ajoyib jang olib bordi. 1-raundda hamyurtimiz ustunlikka erishgan bo‘lsa-da, keyingi raundni boy berib qo‘ydi. Biroq 3-raundda barchasi o‘z iziga tushdi. Yakunda bokschimiz 3-2 hisobida g‘alaba qozondi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing