
Tailandda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining oltin medallaridan biri raqibga olib berildi.
Aniqrog‘i, 71 kg vaznda ishtirok etgan Havasbek Asadullayev finalda qozog‘istonlik Abilayxan Jussupovning yelkasidan tishlab olgan. Bahs yakunida hakamlar g‘alabani Asadullayevga berishgan.
Biroq keyin qozog‘istonliklar IBA ga shikoyat xati yozishgan. Vaziyatni o‘rgangan tashkilotchilar Havasbekni diskvalifikatsiya qildi. Unga berilgan oltin medal va mukofot pullari ham bekor qilindi. Abilayxan Jussupov esa oltin medal bilan taqdirlanadigan bo‘ldi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasining chempionatdagi medallar soni 7ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza medali bilan qoldi. Qozog‘iston esa 5ta oltin, 5ta kumush, 1ta bronza medaliga ega chiqdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar