
Foto: Olympic.uz
Bahrayn mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati doirasida erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasidagi bellashuvlar o‘tkazilmoqda. Quvonarlisi, hozirgina yakunlangan dast ko‘tarish mashqida hamyurtimiz Sharofiddin Amriddinov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Yurtdoshimiz ushbu bellashuvda 184 kg og‘irlikdagi toshni ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu dasturda qatnashgan yana bir polvonimiz Ruslan Nurudinov esa 182 kg bilan beshinchi bo‘ldi. Atletlarimizga siltab ko‘tarish mashqida omad tilab qolamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.