
“Manchester Yunayted” xo‘jayinlaridan Jim Retkliff klub tarbiyalanuvchisi Markus Reshforddan to‘liq voz kechishga qaror qildi.
Klub 27 yoshli futbolchini transferga qo‘ydi va yanvarda u bilan xayrlashishga tayyor. Bunga futbolchi katta maosh olayotganiga qaramay, joriy mavsumni ham bo‘sh o‘tkazayotgani sabab bo‘ldi.
Manchesterliklar o‘z tarbiyalanuvchisiga har hafta 365 ming funt miqdorida maosh to‘lab keladi. Markus yangi mavsumda 23 ta uchrashuvda yettita gol va uchta assist qayd etdi xolos. Ruben Amorim hujumchiga suyanmasligi oshkor bo‘ldi. Portugaliyalik mutaxassis Reshfordni "Manchester Siti" bilan bo‘lgan uchrashuv qaydnomasiga ham kiritmadi.
Hozircha, Jim Retkliff Reshford uchun 40 million funt badal puli belgiladi. Agar aniq takliflar bo‘lsa, u bu summani pasaytirishga ham tayyorligini bildirdi.
Tajribali hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar