date
views 553

"Lans" klubi Abduqodir Husanovni sotish uchun narx belgiladi

"Lans" klubi Abduqodir Husanovni sotish uchun narx belgiladi
Qishki transferlar oynasida legionerimiz Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan klublar soni ortib bormoqda.

"L'Équipe" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, unga ayni vaqtda "Manchester Siti", PSJ hamda "Atletiko" kabi grand klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida "Lans" klubi futbolchimizni faqatgina 30 million yevrolik taklif tushgan taqdirdagina sotishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Avvalroq, unga "Tottenxem" hamda "Nyukasl" kabi jamoalar qiziqayotgani haqida ham xabarlar paydo bo‘lgandi.

Joriy mavsumda Husanov "Lans" safida jami 15 ta bellashuvda 1129 daqiqa maydonda harakat qilgan. Uning "Transfermarkt" portalidagi bahosi 12 million yevroni tashkil qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Lans" klubi Abduqodir Husanovni sotish uchun narx belgiladi
-->