Qishki transferlar oynasi ochilishi bilan Abduqodir Husanov atrofidagi bozor qaynaydigan bo‘lyapti. Yevropa manbalarining yozishicha, Angliya Premer-ligasining eng badavlat klublaridan “Nyukasl” yanvar oyida o‘zbek futbolchisini transfer qilishga bel bog‘lagan.
- “Nyukasl Yunayted” Angliya Premer-ligasining bir necha klublari “Lans” markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovga qiziqayotgan bo‘lsa-da, bu transferni amalga oshirmoqchi. Chunki klub sport direktori Pol Mitchell bu yosh yulduz o‘yinidan hayratga tushgan.
“Qarg‘alar” yozda “Bornmut”dan ketgan himoyachi Loyd Kellini o‘z safiga qo‘shib olish uchun unga haftasiga 150 ming funt maosh to‘lashga ko‘ngan bo‘lsa-da, bosh murabbiy Eddi Xou markaziy himoyaga yana bir futbolchi olib kelishni talab qilmoqda.
Yozda Elliot Anderson va Yankuba Mintex sotuvidan 65 million funt ishlab olgan “Nyukasl” sport direktori Mitchell yanvar oyida xarajatlarga tayyor, - deb yozmoqda givemesport.com eksperti Denni Rast.
- Abduqodir Husanovga da’vogarlik qilayotgan klublar, xususan “Tottenxem” va “Nyukasl” mutasaddilari O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi bo‘yicha tayyorlangan hisobotlardan keyin bu o‘yinchining muxlisiga aylangan.
Da’vogarlar Husanovning “Lans” bilan shartnomasi yakunlanishiga 2,5 yil qolgan va bu muddat davomida legioner haftasiga 2,5 ming funtdan kam maosh olishiga to‘g‘ri keladi.
“Lans” arzonga olingan o‘yinchi transferidan katta daromad ko‘rishi mumkin. Manbalarimiz “Lans” 20-25 million funt evaziga transferga ko‘nishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Yanvarda transfer oynasi ochilishi bilan Husanovni o‘yinini kuzatib kelayotgan Yevropaning qator klublari, jumladan “Nyukasl” va “Tottenxem” o‘zbek himoyachisini olish harakatlarini boshlashi kutilmoqda.
Husanov transferi masalasida Angliya klublari “Pari Sen-Jermen” tomonidan jiddiy raqobatga duch keladi. Premer-liga jamoalarini bu futbolchini olish variantlarini o‘rganayotgan bir paytda parijliklar “Lans” bilan muzokara stoliga o‘tirishga tayyorlanyapti, - deb yozdi yana bir angliyalik ekspert Din Jons.
Ta’kidlash joizki, “Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Xouga Abduqodir Husanovning professional futbolchi sifatida bir qator jihatlari ma’qul kelgan. Seleksioner mutaxassislar o‘zbek legionerining o‘yinlarini tahlil qilib, uning universalligi, raqobatga chidamli ekani, yakkakurashlarda yengilmasligi, tezkorligi, raqibdan hayiqmay o‘ynashi, maydonni yaxshi ko‘ra olish qobiliyatini alohida qayd etgan.
- “Nyukasl” Husanov uchun kurashda PSJ va “Tottenxem” qarshiligiga uchraydi. Chunki bu klublar Abduqodirni yanvar oyi uchun asosiy transfer nishoni sifatida belgilagan.
Husanovning Liga 1 uchrashuvlaridagi o‘yini ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldirdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi o‘yinni o‘qiy olish qobiliyati bilan himoyalanishning yuqori darajasini ko‘rsatyapti.
Abduqodirda Yevropaning har qanday kuchli klubida o‘ynab keta olish salohiyatibor, chunki u tezkor, baquvvat va to‘p bilan juda zo‘r harakat qiladi, - deb jurnalist Korali Sallening fikrlarini keltirmoqda footballfancast.com sayti.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanovning transfer narxi transfermarkt.world portalida 12 million yevroga yetgani qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 20 yoshli legionerimiz Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi. Biroq “Lans” himoyachini qo‘yib yuborish uchun bu summadan anchagina yuqori narx talab qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi